Talabalar turar joyida yashovchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov va psixolog Murodjon Nurqulov ishtirokida talabalar turar joyida yashovchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida institut ichki odob-qoidalari, talabalar turar joyida yashash tartiblari, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan institutda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha axborot berib o‘tildi.
Shuningdek, institutda o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi” musobaqalarida faol ishtirok etishga targ‘ib qilindi.
Ochiq muloqot davomida talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, besh tashabbus xonalari va uning faoliyati bo‘yicha ham fikrlashib olindi. Suhbat davomida talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi va kelgusida o‘tkaziladigan tadbirlar bo‘yicha ularning fikrlaridan kelib chiqilishi ta'kidlandi.