Talabalar turar-joyida dolzarb mavzuda suhbat tashkil etildi
NamMQI talabalar turar-joyida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlar o‘rtasida radikalizm, diniy mutaassiblik va noqonuniy diniy oqimlar ta'siriga tushib qolish, shuningdek, jinoyatchilik holatlarini oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimligi bosh mutaxassisi Z. Otaev, viloyat va Namangan shahar IIB vakillari M. Valiev, B.Tojiboev, A.Tursunboev, M.Mahmudov hamda institut rahbariyati ishtirok etib, ta'lim borasida yoshlarga yaratilgan imtiyozlardan samarali foydalanish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi, hozirgi kunda mavjud noqonuniy diniy tashkilotlar va missionerlik harakatlari ta'siriga tushib qolish holatlarining oldini olish mavzularida chiqishlar qilindi.
Shuningdek, tadbirdan so‘ng talabalar turar-joyida yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqilib, yoshlarning fikrlari o‘rganildi.