Talabalar qanday yashayapti?
Ayni damda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, vazir o‘rinbosarlari hamda boshqarma boshliqlari va mas'ullardan iborat ishchi guruhlar Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalari yotoqxonalarida bo‘lib u yerdagi sharoitlar, talabalar hayoti, kundalik turmush tarzi, muammolarini yaqindan o‘rganmoqda.
Bunda asosiy e'tibor, sovuq havo bilan kirib kelgan qish mavsumiga talabalar turar joylarining tayyorgarlik holati, isitish tizimi, talabalarning dars tayyorlashi, madaniy hordiq chiqarishi, kitob o‘qishi, umuman yotoqxonadagi vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun ko‘rilgan sharoitlarga qaratilmoqda.
Poytaxtda o‘rganilgan yotoqxonalar orasida qator oliy ta'lim muassasalaridagi jiddiy kamchiliklar ertaga 7 dekabr' kuni vazirlikda bo‘lib o‘tadigan Hay'at yig‘ilishida tanqidiy ko‘rib chiqilishi belgilab olindi.