“Talaba — yugur” musobaqasida institutning 300 nafardan ziyod vakili ishtirok etdi
Namangan shahrining Yuksalish dahasida “Talaba — yugur” ommaviy sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Unda viloyatdagi oliy oʻquv yurtlarining vakillari ishtirok etdi. Musobaqani sport mutasaddilari, tajribali hakamlar kuzatib bordi.
Namangan muhandislik-qurilish institutining 300 nafardan ziyod talaba, tyutor va professor-oʻqituvchilari rektor boshchiligida musobaqada faol qatnashdi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu mini-marafonda gʻolib va sovrindor boʻlgan ishtirokchilar tegishli ravishda 5, 3 va 2 million soʻm miqdorida ragʻbatlantirilishi koʻzda tutilgan.
NamMQI media markazi