Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi!
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi!
Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;
Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
Yilning eng faol sportchi talabasi;
Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
Yilning eng faol ijodkor talabasi;
Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
Tanlovning OTM bosqichi gʻoliblari institut faxriy yorligʻi va mos ravishda BHMning 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichi gʻoliblari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining;
1 - oʻrin 15 barobari,
2 - oʻrin 10 barobari
3 - oʻrin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
“Yil talabasi” tanlovi nizomi
Hujjatlar joriy yil 21-oktabr kuniga qadar fakultetning Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun institutning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga murojaat qilishingiz mumkin.