• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Tajriba mashg’ulotlarida nazariy bilimlarni mustahkamlash

Ta’lim –tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirgan hamda jamiyatda munosib o’rin egallashga qodir bo’lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Ilm-fan , texnika va ishlab chiqarish sohalarining jadallik bilan rivojlanishi barcha ta’lim muassasalarida ta’lim – tarbiya sifatini mazmun jihatdan yangi bosqichga ko’tarishni talab etmoqda. Ta’lim tizimini yuqori bosqichga ko’tarishda tafakkur va yuqori bilimga ega bo’lgan malakali kadrlar tayyorlash asosiy vazifa qilib belgilangan. Shu nuqtayi nazardan, “Yo‘l muhandisligi” kafedrasining satajyor-o‘qituvchisi Nuriddin Qo‘ysinaliyev “Avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish” fanining, “Yo‘lning o‘tkazuvchanlik qobilyatini baholash mavzusida” tajriba mashg‘uloti darsini yo‘l yoqasida olib bordi. Bundan asosiy maqsad talabalarni nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan. Kutilganidek dars jarayoni talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mavzu yuzasidan talabalarni qiziqtirgan savollariga o‘qituvchi tomonidan javoblar berildi.
 

  • Share :