Tadbir Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlandi
NamMQI majlislar zalida Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda dekan o‘rinbosarlari, yoshlar va xotin-qizlar yetakchilari hamda t'yutorlar ishtirok etdi.
Tadbirni institut rektori Sharifjon Ergashev ochib berib, 9 iyul' sanasida bo‘lib o‘tadigan saylov va uning mamlakat uchun ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Iqtisodiyot va boshqaruv fakul'teti dekan o‘rinbosari Oybek Ahmedov Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik jarayonlari, nomzodlar, ovoz berish tartibi, bu jarayonda e'tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar haqida ma'ruza qildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar dolzarb mavzu yuzasidan savollari bilan notiqlarga murojaat qildi.
NamMQI media markazi