Sudlarning faoliyatini moliyalashtirish faqat O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan amalga oshiriladi
Sudlarning faoliyatini moliyalashtirish faqat O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan amalga oshirilishi Konstitusiya bilan mustahkamlanadi.
Bu o‘z navbatida, odil sudlovni to‘liq va mustaqil ravishda amalga oshirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, yangi Konstitusiya loyihasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egaligi ko‘zda tutilmoqda.
Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar faqat qonun bilan belgilanishi mumkinligi mustahkamlanmoqda.
Shu bilan birga, mamlakatizimzda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinishi ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.