«Sog‘inmasdan yashab bo‘lmaydi» nomli she'riyat va qo‘shiq kechasiga taklif etamiz!
Bugun, 2023 yil 20 may, shanba kuni soat 13:00 da Davlatobod tumanidagi «Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani» axborot-kutubxonasida xalqimizning sevimli, taniqli ijodkorlari xonanda Baxtiyor Rahmonov va shoir Shuhrat Orif ishtirokida «Sog‘inmasdan yashab bo‘lmaydi» deb nomlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalarni ushbu qo‘shiq va she'riyat kechasiga taklif etamiz. Sevimli ijodkorlar bilan uchrashuvni o‘tkazib yubormang.
Barchangizni Yoshlar ziyo maskanida kutamiz!