• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

«Sog‘inmasdan yashab bo‘lmaydi»

Davlatobod tumanida joylashgan «Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani» axborot-kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Shuhrat Orif hamda taniqli estrada xonandasi Baxtiyor Rahmonov ishtirokida «Sog‘inmasdan yashab bo‘lmaydi» nomli ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Taniqli ijodkorlar va ularning namanganlik muxlislari jam bo‘lgan davra chinakam she'riyat va qo‘shiq bayramiga aylanib ketdi.

Ushbu uchrashuvda Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etdi. Ularning bu kabi tadbirlardagi faolligini uchrashuv mezbonlari va mehmonlari ham alohida e'tirof etdi.

NamMQI media markazi

  • Share :