Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi
Shavkat Mirziyo y ev Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 18 iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi .
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Jidda shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi birinchi sammitda ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Tadbir doirasida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.