Shahlo NamMQI talabasi bo‘lishga ahd qildi
Mahalla yoshlari bilan ishlash bo‘yicha institut rektoriga biriktirilgan Yangiqo‘rg‘on tumani, Rovut mahallalasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan Shahlo G‘ulomova institutga hujjat topshirish masalasida rektor qabulida bo‘ldi.
Suhbat davomida Shahloning oliy ta'lim muassasasiga kirishga tayyorgarlik jarayonlari, institutdan biriktirilgan o‘qituvchilarning dars va mashg‘ulotlarni olib borishi va uning o‘zlashtirishi ko‘rib chiqildi.
Institut rektori tomonidan qabul komissiyasi mas'ul kotibiga Shahlo G‘ulomovaning o‘ziga munosib yo‘nalishlarni tanlashida ko‘maklashish, hujjatlarini topshirishda zarur bo‘lgan amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiya berildi.
Shahlo G‘ulomovaning onasi qizi va Rovut mahallasi yoshlari nomidan institut rahbariyati, xususan, rektorga o‘z minnatdorligini bildirib o‘tdi.
NamMQI media markazi