Sanoatni axborotlashtirish fakultetida Ma'naviyat va ma'rifat kengashi yig‘ilishida belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilish tafsilotlari aks etgan videolavha namoyish etildi.
Fakultet dekani Abdurahim Qahharov bugungi kunda ma'naviyat yo‘nalishidagi dolzarb masalalar, ularga yechim izlashda ziyolilar, xususan, professor-o‘qituvchilarning o‘rni haqida gapirib o‘tdi.
Jamoaning davlat rahbari ishtirokidagi yig‘ilishda ko‘tarilgan mavzular va takliflar bo‘yicha fikr-mulohazalari tinglandi.
NamMQI media markazi