Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani talabalar turar joyida talaba yoshlar bilan uchrashdi
Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani talabalar turar joyida talaba yoshlar bilan uchrashdi
Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani Ozoda Abdullayeva, dekan oʻrinbosarlari Shahnoza Asatullayeva, Rustamxon Kotibov, fakultet xotin-qizlar kengashi raisasi Nigora Raimjanova, fakultet tyutorlari va koordinatori ishtirokida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Fakultet dekani tashabbusi bilan oʻtkazilgan muloqot davomida talabalarning taklif va muammolari oʻrganilib, savollarga masʼullar tomonidan atroflicha javob berildi.
Dekan tomonidan talabalar uchun kelgusida rejalashtirilgan amaliy ishlar, tanlovlar yuzasidan maʼlumotlar berildi, ichki tartib-qoidalar, xavfsizlik texnikasiga rioya etish yuzasidan tushunchalar berib oʻtildi.
NamMQI media markazi