Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani talabalar bilan uchrashdi
Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani etib tayinlangan pedagogika fanlar doktori, professor Ozoda Abdullayeva dekan oʻrinbosari va tyutorlar bilan birgalikda fakultet 2-bosqich talabalari bilan davra suhbati oʻtkazdi.
Suhbat davomida dekan hozirgi kundagi oʻquv jarayonlari va yoshlarga yaratilib berilayotgan sharoit va imkoniyatlarga bilan batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Talabalarga sifatli bilim olishlarida doimo koʻmakda boʻlishi taʼkidlandi.
Talabalar dekanga oʻzlari qiziqtirgan va oʻylantirayotgan masalalar yuzasidan bevosita murojaat etdi. Ularning talab va takliflari mutasaddilar tomonidan oʻrganib chiqilmoqda.