Samarqandda O‘zbekiston—Rossiya 3-ta’lim forumi boshlanmoqda. Forumda NamMQI rektori ham ishtirok etmoqda
Samarqand davlat universitetida o‘tayotgan ushbu nufuzli xalqaro forumda ikki davlatdan 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari, vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirok etadi.
Forum doirasida ikki mamlakat ta’lim tashkilotlari, etakchi kompaniyalari o‘rtasida fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, muhandislik-texnologiyasi, energetika, kimyo sanoati sohalarida kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatdagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkaziladi.
Anjuman dastlab mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari bilan Rossiya ishlab chiqarish sektorlari o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish doirasidagi muzokaralarga bag‘ishlanib, so‘ng sho‘’balarga bo‘lingan holda davom ettiriladi. Forum yakuni bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilinadi.
Forumda Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifboy Ergashev ham ishtirok etmoqda.