Respublika ishchi guruhi a'zolari talabalar bilan muloqot o‘tkazdi
Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari aylanmasi bilan bog‘lik holatlarning oldini olish bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida kelgan Respublika ishchi guruhi institutning 1-sonli talabalar turar joyida ham bo‘ldi.
Safar davomida ishchi guruh vakili Mirzoulug‘bek Shamsiddinov talabalarga yaratilgan sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, talabalar bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta'sir kiluvchi preparatlarning iste'moli bilan bog‘liq holatlarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot seminarini o‘tkazdi.
Talabalar tomonidan berilgan savollarga ishchi guruh vakillari atroflicha javob berildi.