Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ishtirokchilari Bionika laboratoriyasida bo‘ldi
«Sanoat va mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda sifat ko‘rsatkichlarini ta'minlashda innovasion texnologiyalar» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ishtirokchilari Transport fakul'tetida tashkil etilgan Bionika laboratoriyasida bo‘ldi.
Mehmonlarga laboratoriyaning tashkil topish tarixi, bugungi kundagi faoliyati haqida batafsil hikoya qilindi.
Institut xodimlari shu joyning o‘zida jonli misollar yordamida laboratoriyaning imkoniyatlarini namoyish etdi.
NamMQI media markazi