Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning eng yaxshi ma'ruza va maqolalari e'tirof etildi
NamMQIda “Zamonaviy muhandislik kommunikasiya tizimlari va avtomobil' yo‘llari infrastrukturasidagi dolzarb muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institut ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzaev ilmiy-amaliy konferensiya natijalariga to‘xtalib, unda keltirib o‘tilgan dolzarb mavzudagi ma'ruzalar, xususan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Azizbek Bahodirovning chiqishlari, Namangan shahri aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash tizimining muammolariga bag‘ishlangan tahliliy ma'ruza ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otganini ta'kidladi.
Yig‘ilish yakunida respublika anjumani davomida e'tirof etilgan ma'ruza va maqolalar mualliflariga tegishli sertifikatlar topshirildi.
NamMQI media markazi