Respublika fan olimpiadasi 2023-yilning 10-20-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi.
Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi 2023-yilning 10-20-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi.
Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.
G‘oliblar ikki bosqichda saralab olinadi:
- nazariy topshiriqlar – 50 ta test, maksimal 50 ball;
- amaliy topshiriqlar – tegishli fan bo‘yicha 1 ta topshiriq, maksimal 50 ball.
Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi.
Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi.