Respublika fan olimpiadasi
Oliy ta'lim muassasalarida kimyo, biologiya, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi 20 iyun kuni soat 10:00 da boshlanadi.
Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta'lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Olimpiada bo‘lib o‘tadigan joylar:
Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha – O‘zbekiston milliy universiteti;
Fizika fani bo‘yicha – Samarqand davlat universiteti;
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha - Toshkent axborot texnologiyalar universiteti.
Olimpiada bo‘yicha ma'lumotlar bilan olimpiada.edu.uz platformasi orqali tanishib borishingiz mumkin.