Rektor Transport fakultetida barpo etilayotgan Bionika laboratoriyasi bilan tanishdi
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev Transport fakulteti binosida barpo etilayotgan Bionika laboratoriyasi bilan tanishdi.
Hozirda ushbu laboratoriya uchun ajratilgan xonani ta'mirlash va jihozlar keltirish uchun tayyorlash jarayoni ketmoqda. Rektor tomonidan xonani laboratoriya uchun maksimal darajada moslashgan va zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ma'lumot uchun, ushbu laboratoriya qurilishi Transport fakulteti talabasi Oyshaxon Qodirova tomonidan davlat rahbarining yoshlar bilan uchrashuvi davomida bildirgan taklifi va shundan so‘ng vazirlik tomonidan ajratib berilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilmoqda.
NamMQI media markazi