Rektor talabalarga oliy ta'limdagi islohotlarga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tdi
Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev bugun Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti yo‘l muhandisligi yo‘nalishi ikkinchi bosqich talabalariga ochiq dars o‘tdi.
Ma'ruza mavzusi oliy ta'limdagi islohotlarga bag‘ishlandi. Talabalarga bu borada mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, ta'lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil tushunchalar berildi.
Dars yakunida talabalar rektorga mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdi.
NamMQI media markazi