Rektor Muhandislik kommunikatsiyalari fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi
Institut Transport fakulteti majlislar zalida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Muloqotda institut rektori Sharifjon Ergashev, prorektorlar, rektor maslahatchilari, boʻlim boshliqlari va Muhandislik kommunikatsiyalari fakultetining birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuvni institut rektori kirish soʻzi bilan boshlab berdi. Shundan soʻng NamMQI haqida hikoya qiluvchi rolik namoyish etildi.
Tadbir davomida oʻziga xos intellektual bahs tashkil etildi va talabalar guruhlarga boʻlinib, oʻzlariga berilgan turli savollarga javob berdilar. Bu borada ularga rektor va mutasaddilar koʻmak berdi. Bahs gʻoliblariga diplom va sovgʻalar berildi.
Talabalar rektorga oʻzlarini qiziqtirgan turli mavzulardagi savollar bilan murojaat etdi. Institut rahbari va mutasaddilar ularga batafsil javoblar qaytardi.
NamMQI media markazi