Rahbarlik va liderlik qobiliyatlarini oshirish uchun Janubiy Koreya xalqaro stipendiyasi
Janubiy Koreyadagi GIST xalqaro stipendiyasi xorijiy mamlakat talabalari uchun qabulni e'lon qildi.
GIST nufuzli tadqiqot universiteti bo‘lib, Janubiy Koreyada 4-o‘rinni egallaydi va rahbarlik hamda yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatlarni taklif qiladi.
GIST stipendiyasi - turli akademik sohalarda, magistratura va PhD dasturlari uchun to‘liq moliyalashtirilgan stipendiya dasturi hisoblanadi.
GIST stipendiyasi quyidagilarni qoplaydi:
➖ magistratura talabalari uchun 140 000 von, PhD talabalari uchun 295 000 von oylik stipendiya;
➖ tibbiy sug‘urta narxining 60 foizi;
➖ yillik tibbiy ko‘rik;
➖ aviachipta xarajatlarini qoplaydi.
Shuningdek, ilmiy faoliyat olib borish uchun har yili magistrlar uchun 4 820 000 von va PhD uchun 11 480 000 von miqdorida qo‘shimcha to‘lovlar olish mumkin.
Dedlayn: 15 oktyabr