«Qurilishda innovasiyalar, binolar va inshootlarning seysmik xavfsizligi» mavzusidagi xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi
Qurilish fakulteti mezbonlik qilgan anjumanni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochib berdi. U qo‘shni davlatlardan kelgan mehmonlarni qutlab, konferensiya ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Konferensiyada Polosk davlat universiteti (Belarus) professori Dmitriy Lazovskiy, Novosibirsk davlat agrar universiteti (Rossiya) dosenti Aleksandr Pchelnikov, Bishkek innovasion texnologiyalar xalqaro universiteti (Qirg‘iziston) dosenti Maqsad Sodiqov, NamMQI professori Sobirjon Razzoqov, Farg‘ona politexnika instituti doktoranti Ulug‘bek Abdullayev va boshqalarning mavzu yuzasidan ma'ruzalari tinglandi.
Anjuman yalpi majlisdan so‘ng o‘z ishini sho‘'balarda davom ettirdi.