Qo‘shma ta'lim dasturi bo‘yicha Rossiyada tahsil olayotgan talaba xalqaro konferensiyada ma'ruza qildi
Rossiyaning Chelyabinsk shahrida joylashgan Janubiy Ural davlat universitetida " Научно-практическая конференция КНАУФ в мировом строительном комплексе. Инновации в строительстве” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Unda NamMQI va JurDU qo‘shma ta'lim dasturi asosida tahsil olayotgan 3-kurs talabasi Jamshidbek Rivojiddinov “Применение продукции и технологии КНАУФ в Узбекистане” (ilmiy rahbarlari professor S.Razzaqov va dosent S.Pogorelov) mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Ushbu chiqish anjuman ma'ruzalar tanlovida uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
Jamshidbek yakunda konferensiya diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Xorijda tahsil olayotgan talabalarimizning bunday yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab qolamiz!