Qonunchilik palatasi deputati bilan muloqot bahslarga boy o‘tdi
NamMQI media markazi va “Milliy tiklanish” partiyasi viloyat kengashi tashabbusi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a'zosi, pedagogika fanlari doktori Abdumalik Akramov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot avvalida deputat institut jamoasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan muborakbod etdi.
“Ayni paytda umumxalq muhokamasi yakuni bilan Konstitusiyaviy qonun loyihasi takomiliga yetkazish jarayoni ketayotganidan xabaringiz bor. Asosiy qonunga tuzatish va o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha kutilganidan ham ziyoda — 150 mingdan ortiq taklif kelib tushdi. Ularning eng muhimlari va jamiyatimiz uchun manfaatli bo‘lganlari yangilangan Konstitusiyada o‘z aksini topadi", — dedi Abdumalik Akramov.
Cavol-javob va bahslarga boy o‘tgan tadbir davomida yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksining asosiy jihatlari haqida ham so‘z bordi.
NamMQI media markazi