Qo‘lga tushgan abiturient 5-7 yilgacha imtihonlardan chetlashtirilishi mumkin
Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimovning bildirishicha, OTMga kirish imtihonida qoidalarga hilof harakatlar qilib, qo‘lga tushgan abiturientlarni 5-7 yilgacha imtihonlarga qo‘ymaslik, agar o‘qishga kirib bo‘lgan bo‘lsa, o‘qishidan chetlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar tayyorlanmoqda.