Qirg‘izistonning O‘sh davlat universiteti vakillari institutda talabalarga saboq bermoqda
Qirg‘izistonning O‘sh davlat universiteti bir guruh vakillari institutga keldi. Safardan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar bilan uchrashish, ma'ruza va mashg‘ulotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashishdan iborat.
Mehmonlarni institut birinchi prorektor Odiljon Jakbarov va tegishli kafedralar mudirlari kutib oldi hamda muloqotda bo‘ldi.
Shundan so‘ng mehmonlar talabalarga saboq berishga kirishdi. Jumladan, universitetning Tog‘ ekotizimlarini muhofaza qilish va yashil innovasiyalar bo‘yicha maslahat markazi direktori A.Akkulov Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasida bo‘lib, talabalar uchun dars mashg‘ulotlari olib bordi.