Qirg‘izistonlik professor-o‘qituvchilarga sertifikatlar topshirildi
Joriy yil 13-14 oktyabrь kunlari O‘sh texnologiya universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari NamMQI Muhandislik kommunikatsiyalari fakulьteti «Muhandislik va kompьyuter grafikasi» kafedrasi bo‘lib, institut faoliyati bilan tanishgandi.
Shuningdek, qirg‘izistonlik hamkasblar talabalarga «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi», «Muhandislik va kompьyuter grafikasi», «Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari» va «Qurilishda axborot texnologiyalari» fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarini olib bordi.
NamMQI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzaev mehmonlarni qabul qilib, ularga tegishli sertifikatlarni topshirdi va amaliy safar uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zaro muloqot davomida NamMQI va O‘sh texnologiya universiteti o‘rtasidagi aloqalarni uzviy davom ettirish hamda institut professor-o‘qituvchilari va talabalarini Qirg‘izistonga tajriba almashish uchun yuborish masalalari ko‘rib chiqildi.