Prezident Murojaatnomasining lingvistik tahlili
Murojaatnoma 2 soat 25 daqiqa davom etdi. Shavkat Mirziyoev o‘z Murojaatnomasida 6502 ta so‘z ishlatgan. Eng uzun so‘zlar 15 harf bo‘lib, o‘rtacha bitta so‘z 7 harfdan iborat edi.
Murojaatnomaning asosiy mavzulari — “ta'lim”, “aholi”, “maktab”, “xalq”, “investisiya”, “tadbirkorlik”, “Konstitusiya”, “aholi”, “mahalla” va "energetika" bo‘ldi.
Jumladan, “ta'lim” so‘zi 25 marta, “maktab” so‘zi 23 marta, “shaxs” va “xalq” so‘zlari 22 marta, “Konstitusiya” va “investisiya” so‘zlari 20 marta, “tadbirkor” so‘zi 19 marta va “mahalla” so‘zi 18 marta ishlatilgan.
So‘zlarning yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanish tahlili shuni ko‘rsatdiki, asosiy e'tibor ta'lim-tarbiya sohasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ixcham va samarali davlat boshqaruvini tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, energetika sohasini takomillashtirish va sud-huquq tizimini isloh qilishga qaratilgan.