Press-tur ishtirokchilari institutning yangi qurilayotgan 1000 o‘rinli talabalar turar-joyi bilan tanishdi
Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vaziri matbuot kotibi – vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nazokat Abduqunduzova boshchligidagi OAV vakillarining navbatdagi manzili Namangan muhandislik-qurilish institutining yangi qurilayotgan 1000 o‘rinli talabalar turar-joyi bo‘ldi.
12 qavatdan iborat ushbu TTJning loyihaviy qiymati 75 mlrd so‘m bo‘lib, bundan 45 mlrd so‘mi binoni barpo etayotgan “Nifrit impeks” MChJ tomonidan yo‘naltirilmoqda. Hozirda ob'ektning yerto‘la va poydevor qismlari yakunlanib, binoning birinchi qavatini betonlash ishlari bajarilmoqda.
Bino qurilishi 2023 yilning 4-choragida yakunlanib, talabalar uchun foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Bu yerda ham OAV vakillari mutasaddilar va quruvchilardan interv'yular olib, reportajlar tayyorladi.