• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Press-tur ishtirokchilari 300 o‘rinli talabalar turar-joyi bilan tanishdi

Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nazokat Abduqunduzova boshchligidagi OAV vakillari Namangan muhandislik-qurilish institutining 300 o‘rinli yangi talabalar turar-joyida bo‘ldi.

“Temiryo‘lchilar shifo maskani” oilaviy korxonasi tasarrufidagi mazkur bino davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida talabalar turar-joyi uchun moslashtirildi. Tadbirkor Muxtor Mo‘ydinov tomonidan 5,3 mlrd. so‘mdan ziyod investisiya kiritish hisobiga bino to‘liq rekonstruksiya qilinib, turar-joy uchun zarur jihozlar olib kelib o‘rnatildi.  

Hozir bu yerdagi uchta qavatda talabalar uchun shinam xonalar, ma'naviyat va ma'rifat, sport zallari shay holatga keltirilgan. Profilaktika inspektori va tibbiyot xodimi uchun alohida xonalar ajratilgan.

Mazkur joyning o‘zida OAV vakillari mutasaddilar va tadbirkordan interv'yular olib, reportajlar tayyorladi.

NamMQI media markazi

  • Share :