Popdagi quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishida amaliyot oʻtayotgan talabalarga yuqori maosh berilmoqda
Institut Energetika va mehnat muhofazasi fakultetining elektr energetika yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar Pop tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishida amaliyotlarini davom ettirmoqda.
Ushbu inshoot qurilishini olib borayotgan Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi tomonidan shartnoma asosida amaliyot oʻtayotgan talabalarga oʻrtacha 5,5 mln soʻm miqdoridagi oylik ish haqi toʻlab berilmoqda.
Fakultet va kafedra mutasaddilari muntazam ravishda mazkur obyektda boʻlib, talabalar va ularga biriktirilgan ustozlar bilan muloqotda boʻlmoqda.