• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Pop tumanida energiyatejamkorlik yo‘nalishidagi ishlar boshlandi

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali mutaxassislari hamda OTMlardagi elektr energiyasi yo‘nalishidagi o‘qituvchilar va talabalar bilan birgalikda energiya samaradorligi va elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni oldini olgan holda tejamkorlik va elektr energiyasini oqilona hisob-kitoblarini amalga oshirish ishlari davom etmoqda.

Bugundan boshlab Pop tumanidagi 35/6 kVli Uyg‘ur podstansiyasi tanlab olinib, elektr energiya tejamkorligini ta'minlash bo‘yicha ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Podstansiyada Namangan muhandislik-qurilish instituti Energetika muhandisligi kafedrasi  professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda ishchi guruhlar tuzilib, ish jarayonlari boshlandi.

  • Share :