• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

O‘zbekistonning AQShga jami eksportining yarmidan ko‘pi IT- xizmatlariga to‘g‘ri keldi

2022 yilda AQShga tovarlar va xizmatlar eksporti jami 124,5 mln. dollar, AKT sohasi eksporti 79 mln. dollar, ya'ni jami tovarlar va xizmatlarning 63 foizi bo‘lgan. Aslida IT-xizmatlarini AQShga eksporti undan ham ko‘p, chunki rasmiy statistika orqali o‘tmasdan masofaviy xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanayotganlar soni anchagina, shu jumladan frilanserlar ham.

"EPAM kabi katta AQSh autsorsing kompaniyalaridan tashqari, AQShdagi o‘zimizni vatandoshlarimiz ham IT Parkda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib qo‘shimcha daromad topishlari mumkin albatta. Shuning uchun AQShda 100dan ortiq vatandoshlar ishtirokidagi ochiq muloqotda rasman ishlayotgan muvaffaqiyatli eksporterlarimiz o‘zlarining tajribalari bilan bo‘lishdilar" - deydi vazir Sherzod Shermatov.

  • Share :