• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

O‘zbekistonda talabalarga 2-kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta'lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Unga ko‘ra:

-oliy ta'lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta'lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta'lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi;

-haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka o‘tayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi;

-talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga faqat oliy ta'lim muassasasida o‘qiyotgan davrida ruxsat etiladi.

  • Share :