Oʻzbekistonda nechta oliy taʼlim muassasasi bor?
Hozirda (20.02.2023-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 209 ta oliy taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:
Universitet — 36 ta;
Institut — 48 ta;
Akademiya — 5 ta;
Konservatoriya — 1 ta;
Filial — 24 ta;
Xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
Nodavlat (xususiy) OTM — 65 ta.
Davlat oliy taʼlim muassasalari tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - 63 ta;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - 1 ta;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi - 3 ta;
Sog‘liqni saqlash vazirligi - 12 ta;
Madaniyat va turizm vazirligi - 10 ta;
Badiiy akademiya - 1 ta;
Raqamli texnologiyalar vazirligi - 7 ta;
Adliya vazirligi - 1 ta;
Bosh prokuratura - 1 ta;
Transport vazirligi - 1 ta;
Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
Yoshlar siyosati va sport vazirligi - 4 ta;
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi - 1 ta;
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi - 1 ta.
Ushbu roʻyxatga harbiy va diniy oliy taʼlim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.