Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi xodimlari tomonidan Namangan muhandislik-qurilish instituti Boshlangʻich tashkilotining faoliyati oʻrganildi
Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi boʻlim boshligʻi Marjona Axralova boshchiligidagi jamoa ishtirokida Yoshlar kengashining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Dadajon Dadaboyev, Boshlangʻich tashkilot yetakchisi Diyorbek Soataliyev va Yoshlar kengashiga nomzodlar onlayn va oflayn tarzda ishtirok etdi.
Boshlangʻich tashkilotning umumiy yigʻilishida Yoshlar kengashining faoliyati qoniqarli deb topildi. Yoʻnalish koordinatorligiga nomzodlar oʻzlarining saylovoldi dasturlarini himoya qilishdi.
Bundan tashqari Komissiya aʼzolari nomzodlarning siyosiy, huquqiy bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.