• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Oʼzbekiston—Rossiya 3-taʼlim forumining yalpi majlisi boʼlib oʼtmoqda

Аnjumanda ikki davlat tomonidan 200 nafardan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etmoqda.

Аnjuman yalpi majlisini Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov kirish soʼzi bilan ochib, tashrif buyurgan mehmonlarni samimiy qutladi. Shuningdek, Rossiya rektorlar kengashi raisi, Lomonosov nomidagi Moskva davlati universitet rektori Viktor Sadovnichiy ham ishtirokchilarni tabriklab, hamkorlik ishiga omad tiladi.

Shundan soʼng Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tabrigini Prezident maslahatchisi Odil Аbdurahmonov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tabrigini Prezidentning xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar boʼyicha boshqarmasi boshligʼi Igor Maslov forum ishtirokchilariga oʼqib eshittirdi.

Tabriklarda ikki davlat taʼlim sohasida hamkorlik aloqalari, uning yutuqlari va istiqbollari haqida soʼz bordi. Forum ishiga muvafaqqiyat tilanib, ushbu nufuzli anjuman natijasi mamlakatlar oʼrtasida sohadagi aloqalar yangi formatda oʼtishi va jadallashuviga xizmat qilishi aytildi.
Shundan soʼng, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vaziri Аbduqodir Toshqulov soʼz olib, ushbu forum ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi.

Rossiya Federatsiyasi fan va oliy taʼlim vaziri oʼrinbosari Natalya Bocharova forumning ahamiyati va maqsadi haqida toʼxtaldi.

Yalpi yigʼilish oʼz ishini davom ettirmoqda. Eslatib oʼtamiz, anjuman yakuni boʼyicha 15 ga yaqin hujjatlar almashinuvi koʼzda tutilgan.

  • Share :