O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi talabalar uchun master-klass o‘tib berdi
O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Ortiqali Qozoqov Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida mashhur musavvir ijod yo‘li, xorijga safarlari, dunyoga rassom nigohi bilan boqishning o‘ziga xos jihatlari, Rembrandt, Van Gog, Pablo Pikasso, Edmund Munk kabi buyuk rassomlar hayoti haqidagi qiziq tafsilotlar bilan o‘rtoqlashdi.
Ortiqali Qozoqov ijodiy uchrashuv davomida talabalar uchun master-klass o‘tib, molbert, mo‘yqalam va bo‘yoqlar yordamida yarim soatning nari-berisida haqiqiy san’at namunasini yaratdi. “Malika” deb nom berilgan ushbu asarda qadim Sharqning go‘zal hukmdor ayoli tasvirlangan.
Ortiqali Qozoqov talabalarga sovg‘a sifatida eng mashhur asarlari jamlangan kitob-albomni taqdim etdi.
Shundan so‘ng, san’at arbobi institutda tashkil etilgan galereya bilan tanishdi.