• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini oʻrganish” fakultativ kursi o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida” 2023-yil 16-noyabrdagi F-72-son Farmoyishida keltirilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashga, shuningdek oʻquvchilar va talabalarda Konstitutsiya toʻgʻrisida bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini oʻrganish” fakultativ kursi oʻquv dasturiga asosan 2023-yil 4-dekabr NamMQIning 6-o‘quv laboratoriya binosida “Energetika va MM fakulteti” talabalari bilan Konstitutsiyani yangilash zarurati va xalq konstitutsiyasining asosiy mazmun-mohiyati mavzusida tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari  A.Normatov, “Texnologik mashina va jihozlar” kafedrasi mudiri X.Abdulxayev, NamMQI proflaktika inspektori S.Sherg’oziyev, fakultet tuyotori M.Boyjonov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.

 

Energetika va MM fakulteti 

dekan o‘rinbosari 

A.Normatov 

  • Share :