• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun Namanganda katta tantana qilindi

Mudofaa vazirligining harbiy orkestri, viloyat yoshlari, milliy gvardiyaning harbiy otliqlari hamda “Vatanparvar” avtomashinalari guruh bo‘lib, Vatan bayrog‘ini baland ko‘targan holda shahar ko‘chalarida tantanali harakatlanib bordi.

Bu yilgi tadbir har yilgidan-da o‘zgacha, ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Milliy kiyimdagi qizlar, bolalar hamda yoshlar qo‘llarida bayroq bilan maydonga kirib kelishi davraga o‘zgacha fayz kiritdi.

Harbiy muassasalar, madaniyat va san'at vakillari ishtirokidagi musiqiy-badiiy chiqishlar yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi.

Namangan shahridagi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tantanalarda NamMQI mutasaddilari, professor-o‘qituvchilari, t'yutorlari va talabalari faol ishtirok etdi.

NamMQI media markazi

  • Share :