Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshmuhammad Qori-Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat ikki oliy oʻquv yurti oʻrtasida oʻzaro aloqalarni yanada kuchaytirish, professor-oʻqituvchilarni malaka oshirishga yuborish, ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining maʼruzalar oʻqishi, soha boʻyicha adabiyotlar almashinuvi kabi koʻplab jihatlarni oʻz ichiga oladi.
Memorandum Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti rektori Xolboy Ibragimov va NamMQI rektori tomonidan imzolandi.