«O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni ta'sis etildi
Mazkur nishon O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlanadi. Nishon bilan O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma'naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, davlatimiz sarhadlarining daxlsizligini ta'minlash, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do‘stlik va totuvlikni asrash kabi sharafli vazifalarni amalga oshirib kelayotgan barcha soha vakillari mukofotlanishi mumkin. «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.