• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli”

21-oktabr - o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan Mashinasozlik fakulteti tashabbusi bilan “O‘zbek tili – milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Dadaxon Dadaboyev qatnashdi va maʼruza qildi.

Tadbir davomida Mashinasozlik fakulteti talabalari tomonidan mavzuga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Yakunda eng faol ishtirokchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

NamMQI media markazi

  • Share :