O‘z kuchingizni startap tanlovida sinab ko‘rmoqchimisiz? Unda bu e'lon aynan siz uchun!
Sovrin jamg‘armasi $1 millionni tashkil qiluvchi President Tech Award tanlovi boshlanishiga tobora oz vaqt qolmoqda. Unda raqamli texnologiyalar sohasidagi eng yaxshi startap-loyihalar aniqlanadi.
Tanlov ikki asosiy va maxsus yo‘nalishlardan iborat. Asosiy yo‘nalish toifalari:
• sun'iy intellektga asoslangan texnologiyalar;
• ijtimoiy sohadagi raqamli texnologiyalar;
• axborot va kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar;
• tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
• komp'yuter va mobil o‘yinlar.
Har bir toifa bo‘yicha sovrin jamg‘armasi:
1-o‘rin uchun — $100 000;
2-o‘rin uchun — $50 000;
3-o‘rin uchun — $30 000.
Xakaton yo‘nalishida ishtirokchilar 72 soat ichida o‘zlarining raqamli yechimini yaratadi. G‘olib $100 000 miqdoridagi mukofotga sazovor bo‘ladi.
Vaqt juda oz! Ro‘yxatdan o‘ting va yirik mukofot egasiga aylaning!
Ariza topshirish uchun: awards.gov.uz
Barcha savollar bo‘yicha: @PresidentTechAward