• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan qonun (O‘RQ-891-son, 28.12.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Bojxona kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, to‘lanishi bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog‘liq bo‘lmagan bojxona yig‘imlarini bojxona hududida to‘lash belgilandi.

Soliq kodeksiga soliq hisobotlarini 3 yil but saqlashga oid o‘zgartirish kiritildi (ilgari 5 yil edi).

Kameral soliq tekshiruvida quyidagi soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish taqiqlandi (qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash (qaytarish) maqsadida o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvi mustasno):

▫️ soliq to‘lovchi hududiga kirish;
▫️ soliq to‘lovchi hududi va binolarini ko‘zdan kechirish;
▫️ soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
▫️ soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.

Endilikda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun 3 yil ichida javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishi kerak, 3 yildan keyin shaxs huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas (ilgari 5 yil edi).

✅ Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta'lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan.

Ushbu Qonun 2024 yil 1 yanvardan e'tiboran kuchga kiradi.

  • Share :