• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

O‘quvchilar va ularning xonadonlari yo‘qlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar masalasida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, NamMQI mutasaddilariga Namangan shahri, Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlaridan bir guruh yoshlar biriktirilgandi.

Institut yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Odiljon Jakbarov va moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor Payzulloxon Qorayev Namangan shahridagi istiqomat qiluvchi 23-umumta'lim maktabida tahsil olayotgan uch nafar o‘quvchining o‘qish va yashash joylariga borishdi.

Maktab va mahalla mas'ullari bilan muloqotlarda o‘quvchilarning oilaviy ahvoli, muhit, salomatligi, darslarga borishi, qiziqishlari bo‘yicha qiziqildi. O‘quvchilar bilan suhbatlarda esa maktabning o‘rni, bilimlar ahamiyati,  darslarni qoldirishning zararli oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, institutdagi mavjud to‘garak va kurslar haqida ma'lum qilinib, ularda bepul tahsil olish mumkinligi bildirildi. Bunday yo‘qlovlar davom etmoqda.

  • Share :